10 iyul 2025

Iqtisodiyot va moliya vazirligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 1-iyul kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) vakili – YTTB Barqaror infratuzilma guruhining davlat-xususiy sheriklik (DXSH) masalalari bo‘yicha bo‘linmasi rahbari, direktor o‘rinbosari Markos Martines bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Uchrashuv davomida tomonlar YTTB maslahati ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalarni joriy holati yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan DXSH doirasidagi loyihalarni boshqa sohalarda ham kengaytirish hamda mexanizmlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar mavjud resurslardan unumli foydalanish, samaradorlikni oshirish va infratuzilma loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amalga oshirilayotgan DXSH loyihalarini jadallashtirish va boshqa sohalarda ham davlat-xususiy sherikligini rivojlantirishda hamkorlik olib borishga kelishib oldi.