O‘zbekiston Energetika vazirligida Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Aurelia Bouchez xonim va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda yuqori darajada tashkillashtirilgan davlat tashrifi natijalari alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Fransiya kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati muhokama qilindi. Xususan:
Uchrashuv davomida tomonlar “Technip Energies” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qildilar. Tomonlar nafaqat gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish sohasida, balki yoqilg‘i-energetika kompleksining boshqa yo‘nalishlarida ham loyihalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi qo‘shma korxona tashkil etish maqsadga muvofiqligini qayd etdilar.
Tomonlar atom energetikasi sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qilib, Framatome va Assystem kompaniyalarining qiziqishlarini ta’kidlab o‘tdilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha xorijiy tomonga Voltalia kompaniyasi tomonidan Agrovoltaika sohasida loyihani amalga oshirish va Assystem bilan smart-grid tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.