Joriy yilning 22-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida “Meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoatidagi mahalliy korxonalar faoliyatini tashqi bozorlarda qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tadbirda vazir o‘rinbosari Xurram Teshaboyev, shuningdek, meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoatiga oid 130 dan ortiq korxona rahbarlari onlayn va oflayn formatda ishtirok etdi.
Muloqotda asosiy e’tibor oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni muhokama qilish, ularni hal etishning samarali yo‘llarini izlash, soha korxonalari vakillarining takliflarini ko‘rib chiqishga qaratildi.
Davra suhbati yakunlari bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalarni tizimli hal etish va yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.