Joriy yilning 12-dekabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vengriyaning «Inpark» kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Gabriella Lonkay bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, vazirlik va kompaniya oʻrtasida investitsiya bitimlarini imzolash, yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish doirasida xorijiy kompaniyalarni jalb etish masalalarini muhokama qildi.
Inpark 2016-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya Airbus, Honeywell, Bosch va boshqa yirik kompaniyalarning ishlab chiqarish obyektlari joylashgan 17 shahardagi umumiy maydoni 900 gektar bo’lgan sanoat zonalarini boshqaradi.