O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistondagi eng yirik zargarlik kompaniyalaridan biri ‘‘Gold Star Jewellery Pvt. Ltd.’’ boshqaruvchi direktori Ashish Shah bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Uchrashuvda elchi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlari, mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini, jumladan, zargarlik sanoatini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqish bo‘yicha ko‘rilayotgan izchil sa’y-harakatlar haqida batafsil so‘zlab berildi.
Ashish Shoh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning borishini katta qiziqish bilan kuzatishini va ularning natijalarini yaxshi bilishini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizning zargarlik sanoatidagi salmoqli salohiyati va yuqori malakali mutaxassislari xalqaro hamkorlik uchun keng istiqbollar ochayotganini taʼkidladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan ‘‘Gold Star Jewellery Pvt. Ltd.’’ kompaniyasi o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.