09 aprel 2025

Samarkandda «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishga qaratilgan bir qator shartnomalar imzolandi

Birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.

Xususan, ISSV va ‘‘SANY Renewables International Investment Co., Ltd.’’ o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish, shuningdek, Xitoyning ‘‘Liquip International’’ kompaniyasi Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bo‘yicha Investitsiya bitimlari qabul qilindi.