Toshkent shahar hokimligida hokim o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rahmanov va Rossiya Federatsiyasining Ryazan viloyati rasmiy delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “UzDaily.uz” xabar beradi.
Delegatsiyaga Ryazan viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri Andrey Vorfolomeev boshchilik qildi, u samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishni taklif qildi, ayni paytda O‘zbekiston va Ryazan o‘rtasida to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida sheriklik aloqalari yaxshi rivojlanganini ta’kidladi.
Uchrashuvda tomonlar vakillari qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar va muhokama qildilar. Sh.Rahmonov rossiyaliklarni poytaxtimizdagi yangilanish va o‘zgarishlar bilan tanishtirdi, investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirdi, Toshkent shahrini yanada rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning barcha jihatlarini har tomonlama ishlab chiqishga kelishib oldilar.