30 avgust 2023

Toshkentda Xitoy va O’zbekiston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik forumi bo’lib o’tadi

«Bir kamar-bir yo’l» tashabbusining o’n yilligi munosabati bilan Xitoy (Shandun) va O’zbekiston o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik forumi bo’lib o’tadi. Forumning tashkilotchilari Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Xalq hukumati, O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidir.

Tadbir sanasi va vaqti: 2023 yil 5 sentyabr, soat 10:00-11:30.

Tadbir joy: «Interkontinental» mehmonxonasi (1-qavat, «Ballroom» 2-zal).

O’zbekiston Respublikasidan ishtirokchilar: O’zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov, O’zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o’rinbosari Oybek Nematovich Hamrayev, davlat idoraviy tashkilotlari xodimlari, mahalliy kompaniyalarning taklif etilgan vakillari.

XXRdan ishtirokchilari: XXRning O’zbekiston Respublikasidagi elchisi, Shandun provinsiyasi hukumati delegatsiyasi, Shandun provinsiyasi viloyat partiya qo’mitasi tashqi ishlar bo’limi rahbarlari, taraqqiyot va islohotlar komissiyasi, Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi, savdo vazirligi, davlat aktivlarini nazorat qilish va boshqarish komissiyasi va boshqa tegishli idoralar, Qingdao, Dezhou, Liaocheng shahri, Sinotruk, Shandong Gold, Shandong Energy, Shandong Hi-Speed, Shandong Port, Shandong Heavy Industry, Haier, Hisense va boshqa yirik kompaniyalar rahbarlari.