Tataristonda “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki va “Jizzax” texnoparkida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari namoyish etildi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tatariston sanoat va savdo vazirligining 2022-yildagi ishlar yakunlari va 2023-yilga mo‘ljallangan rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi doirasida Tatariston sanoat korxonalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. “Jizzax” texnoparkida “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparki va “Ximgrad” AJ alohida bo‘lim tashkil etib, o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
“Ximgrad” OAJ direktori Ayrat Gizzatullin yig‘ilishda so‘zlagan nutqida tatar ishbilarmon doiralari vakillariga O‘zbekistonda Chirchiq kimyo-sanoat va Jizzax texnoparklarida yaratilgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berdi. U tataristonlik tadbirkorlarni O‘zbekistonda o‘z biznesini rivojlantirishga chaqirdi.
Tatariston tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi va muvaffaqiyati loyihaning 2022-yil mart oyida Toshkent viloyatidagi Chirchiq kimyo sanoat texnoparkida amalga oshirilishi bo‘ldi. Bu xorijda mahalliylashtirish uchun ishga tushirilgan birinchi platformadir. “Bundan tashqari, Tatariston rahbari boshchiligidagi delegatsiyaning 2022-yil oktabr oyida O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha “Ximgrad” OAJ Jizzax viloyatida sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshladi”, — dedi Ayrat Gizzatullin.