17 yanvar 2025

Eronning yetakchi farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Eronning “Golrang Pharmaceutical Investment Co.” kompaniyasi bosh direktori Kasim Ali Ashofte boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif chog‘ida Eron kompaniyasi rahbari Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi Nasrulla Boboyev bilan uchrashib, bu borada farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish orqali dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar aniq loyihalarni ko‘rib chiqish, ularni amalga oshirishning amaliy jihatlari va shartlarini ishlab chiqish, kelgusidagi chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha kelishuvga erishdi.