Janubiy Koreyaning D.Camp kompaniyasi O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirishda ishtirok etadi. Bu haqida IT Park matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar bermoqda.
Eksport investitsiyalar bo‘yicha texnopark direktorining o‘rinbosari Jahongir Radjabov “Offshore Outsourcing Tour” doirasida kompaniya delegatsiyasini qabul qildi. Tomonlar ikki davlatdagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildi.
D.Campning oʻzbek startaplariga investitsiya kiritishi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida qayd etildi. Kompaniya ularga Koreya bozoriga kirishda yordam berish niyatida ekanligini bildirdi.
Kompaniya mutaxassislari axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashishadi. Texnopark kutganidek, ular yordamida O‘zbekiston fuqarolari ilg‘or texnologiyalar, bilimlar, yechimlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi va raqobatbardoshligini oshiradi.
Oʻzbekiston korxonalarini targʻib qilishga bagʻishlangan qoʻshma vebinarlar tashkil etish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Bundan tashqari, D.Camp Janubiy Koreyadagi IT-Park tadbirlarining media-hamkori va hamkor tashkilotchisi roli bilan qiziqmoqda.
Bundan tashqari, D.Camp O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 25-may kuni Seulda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston autsorsing konferensiyasida tomonlar hamkorlik memorandumini imzolaydi.