Spot xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki 14-avgust kuni o‘lchangan oltin quymalari va esdalik tangalar narxlarini yangiladi.
Bir gramm oltin tannarxi dam olish kunlarida 3,3 foizga oshib, 766,96 ming so‘mni tashkil etdi. Demak, 5 grammlik bar 3 835 000 so‘mga yoki juma kungidan 124 000 so‘mga qimmatroq sotilmoqda.
Oxirgi marta bunday o’sishlar o‘tgan yilning mart oyida kuzatilgan, shu paytda Rossiya rubli va turk lirasining qadrsizlanishi so‘mning qadrsizlanishini tezlashtirgan edi. Shunday qilib, 2022-yil 9-martda qimmatbaho metalning narxi deyarli 5 foizga oshdi — 5 grammlik bar uchun bu 176 ming so‘mni tashkil etdi.
Yil boshidan beri oltin mart oyida bir necha bor o’zining narx rekordini yangiladi. Mart oyida eng mayda quyma qiymati birinchi marta 3,8 million so‘mdan oshib ketdi, may oyi boshida esa 3,9 million so‘mga yetdi. Biroq, may oyining oxiridan boshlab, qimmatbaho metal biroz tushib ketdi.
Markaziy bank 2018-yilda aholiga esdalik oltin tangalarni sotishni boshladi, ikki yildan so‘ng esa ularga oltin quymalari qo‘shildi. Yakka tartibdagi xaridorlarga ularni O‘zbekistondan olib chiqishga shartlar asosida ruxsat berildi.
Bu qadamlar O‘zbekiston iqtisodiyotining xorijiy valyutaga qaramligini kamaytirish istagi bilan izohlandi. Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, oltinga kirish investitsiya imkoniyatlarini kengaytiradi va jamg‘armalarni ta’minlashga yordam beradi.
2021-yil sentabr holatiga ko‘ra (ommaga ochiq bo‘lgan so‘nggi ma’lumotlar) o‘zbekistonliklar 5100 bar va 2500 tanga sotib olgan. Ulardagi oltinning umumiy hajmi 168,6 kgni tashkil etdi.