BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI TASHKILOTI HAMDA GLOBAL EKOLOGIK JAMG‘ARMA ISHTIROKIDA “O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT TIZIMLARINING YERDAN FOYDALANISH VA ERNI QAYTA TIKLASHGA TA’SIRINI BAHOLASH DASTURI” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI DD 26.02.2024-y. VMQ 102 – son

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

26.02.2024-y.

VMQ 102son

.

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO‘JALIGI TASHKILOTI HAMDA GLOBAL EKOLOGIK JAMG‘ARMA ISHTIROKIDA “O‘ZBEKISTONDA OZIQ-OVQAT TIZIMLARINING YERDAN FOYDALANISH VA ERNI QAYTA TIKLASHGA TA’SIRINI BAHOLASH DASTURI” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

.

So‘nggi yillarda respublika bo‘ylab tanazzulga uchragan yerlarni va ekologik tizimlarni tiklash, bioxilma-xillikni muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan keng qo‘lamli ishlar natijasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni uch baravarga kengaytirilib, mamlakatimizning umumiy maydoniga nisbatan 14,2 foizga yetkazildi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga xalqaro jamoatchilikning e’tiborini jalb qilish maqsadida nufuzli xalqaro tadbirlar, shu jumladan, Samarqand shahrida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-yig‘ilishi (CRIC-21) o‘tkazildi.

Hozirgi vaqtda iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish, yer degradatsiyasi, atmosfera havosining buzilishi, bioxilma-xillik keskin kamayishi salbiy oqibatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish taqozo etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningO‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

Global ekologik jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda — GEJ) tomonidanO‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va erni qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturiloyihasini (keyingi o‘rinlardaLoyiha) moliyalashtirish uchun 5 yil muddatga 5 992 661 AQSh dollari miqdorida grant ajratilishi belgilanganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Loyihani amalga oshirish uchun umumiy ijrochi va texnik yordam ko‘rsatuvchi etib belgilanganligi;

Loyihani amalga oshirish davrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul ijro etuvchi organ sifatida faoliyat ko‘rsatishi;

Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:

Loyiha bilan bog‘liq tadbirlarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, ularni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib borish, baholash va hisobotlar tayyorlash;

Loyiha doirasida tadbirlarga yo‘naltiriladigan grantning maqsadli va tizimli sarflanishini nazorat qilish, shuningdek, sarflangan hamda o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash;

Loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, sarflangan va o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida hisobotlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlarni har chorakda o‘zining rasmiy veb-saytida yoritib borish orqali Loyihaning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlash.

3. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan Loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvni imzolasin;

bir oy muddatda Loyihani amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb qilinadigan mahalliy maslahatchi-ekspertlarning soni va ularga to‘lanadigan ish haqi miqdorini FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishilgan holda tasdiqlasin;

ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyihani 2024 — 2028-yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Loyihani amalga oshirish doirasida bajarilgan ishlar holati va o‘zlashtirilgan mablag‘lar yuzasidan hisobotlarni har chorakda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Loyiha bilan bog‘liq tadbirlar mas’ul vazirliklar va FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida amalga oshiriladi;

Loyiha bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun GEJning granti FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi orqali Loyihaning yillik budjetida tasdiqlangan miqdorda va muddatlarda tegishli vazirlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan hisobvaraqlariga o‘tkazib boriladi;

Loyiha doirasida hisobot yilida GEJning o‘zlashtirilmagan granti FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishilgan holda keyingi yilga to‘liq o‘tkaziladi;

GEJ granti hisobidan xaridlar O‘zbekiston RespublikasiningDavlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi. Bunda respublika hududidan tashqaridagi xaridlar FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;

GEJ granti hisobidan xarid qilingan asbob-uskunalar, qurilma va jihozlar Loyihani amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng mahalliy hamkor tashkilotlariga bepul o‘tkazib beriladi;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Loyiha doirasidagi tadbirlarning o‘z muddatida va sifatli bajarilishini, xaridlarning ochiq va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, ularning ustidan doimiy nazorat o‘rnatish maqsadidayo‘l xaritalari”ni tasdiqlash hamda idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash va ishchi guruhlarni tuzish vakolatlari berilsin.

5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qarorning ijrosi bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;

Hujjat __22.05_____2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.