ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA OPEK XALQARO TARAQQIYOT JAMG‘ARMASI ISHTIROKIDA “M39 “OLMAOTA — BISHKEK — TOSHKENT — SHAHRISABZ — TERMIZ” AVTOMOBIL YO‘LINING 1255 — 1315 KM (60 KM) QISMINI REKONSTRUKSIYA QILISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI DD 15 APREL 2024 y. № – 158-son

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

15 APREL 2024 y.

158-son

.

ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA OPEK XALQARO TARAQQIYOT JAMG‘ARMASI ISHTIROKIDA “M39 “OLMAOTA — BISHKEK — TOSHKENT — SHAHRISABZ — TERMIZ” AVTOMOBIL YO‘LINING 1255 — 1315 KM (60 KM) QISMINI REKONSTRUKSIYA QILISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

.

Mamlakatimizda xalqaro talablar va standartlarga mos zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va milliy yo‘l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

a) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlardaAvtomobil yo‘llari qo‘mitasi) tomonidan umumiy qiymati 195, 5 mln AQSh dollari bo‘lgan “M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — ShahrisabzTermizavtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilishloyihasining (keyingi o‘rinlardaloyiha) texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda ishlab chiqilganligi;

b) loyihani amalga oshirish uchun:

Islom taraqqiyot banki (keyingi o‘rinlarda — ITB) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 106,7 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi ma’qullanganligi;

OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — OPEK jamg‘armasi) tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 47,2 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi ma’qullanganligi;

v) loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi ITB va OPEK jamg‘armasi bilan tegishli Hadli kelishuv hamda qarz bitimi imzolanganligi;

g) umumiy qiymati 195,5 mln AQSh dollari bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosiga ko‘ra:

ITB va OPEK jamg‘armasining hissasi 153,9 mln AQSh dollarini, O‘zbekiston Respublikasining hissasi soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish hamda moliyaviy boshqa xarajatlarni qoplash ko‘rinishida 41,5 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni tashkil etishi;

loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2 yil kafolat davrini hisoblagan holda 2024 — 2029-yillar) tashkil etishi;

d) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar natijasi bo‘yicha xarajatlar (20 mln AQSh dollarigacha) maqbullashtirilishi mumkinligi aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki:

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va “Avtoyo‘linvest” agentligi loyihani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda ITB va OPEK jamg‘armasi qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;

ITB va OPEK jamg‘armasi tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

loyihani amalga oshirish guruhining yillik xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi.

3. Quyidagilar:

“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘larni bo‘lib to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;

“M-39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablag‘lar hisobidan 4-ilovaga muvofiq umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini barpo etish ishlariga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda ITB va OPEK jamg‘armasi bilan 2024-yil 1-oktabrga qadar loyiha doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablag‘larni mazkur bandda nazarda tutilgan ishlarga yo‘naltirish yuzasidan muzokaralarni o‘tkazsin.

5. Qashqadaryo viloyati hokimligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda yashil hududlarni barpo etish maqsadida loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 450 ming dona manzarali daraxt va terak ko‘chatlari ekilishini ta’minlasin.

Bunda, barpo etiladigan yashil hududlarni lozim darajada saqlash bo‘yicha tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘rnatilgan tartibda shartnomalar tuziladi.

6. Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hamda ITB va OPEK jamg‘armasi o‘rtasida imzolangan Hadli kelishuv va qarz bitimi bo‘yicha yuridik xulosalar bersin.

7. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirish doirasida respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.

8. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (S.I. Samadov) loyiha doirasida mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyiha doirasida jalb qilingan mablag‘larning ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.

10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi loyihaning atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi arizalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi J.Y. Tursunov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga

1-ILOVA

“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — ShahrisabzTermizavtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilishloyihasi texnik-iqtisodiy asosining

ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Jami*

Shu jumladan:

Islom taraqqiyot banki mablag‘lari

OPEK mablag‘lari

O‘zbekiston Respublikasi ulushi

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSh doll. ekv.

195 495

106 700

47 249

41 546

1.1

Kapital qo‘yilmalar qiymati, jami:

ming AQSh doll. ekv.

129 471

86 517

42 954

.

.

shundan:

.

.

.

.

.

.

qurilish-montaj ishlari**

ming AQSh doll. ekv.

129 471

86 517

42 954

.

erkin konvertatsiyalanadigan valyutada

ming AQSh doll.

129 471

86 517

42 954

.

.

institutsional rivojlanish va salohiyatni oshirish

ming AQSh doll. ekv.

1 000

1 000

.

.

erkin konvertatsiyalanadigan valyutada

ming AQSh doll.

1 000

1 000

.

.

.

uskunalar sotib olish

ming AQSh doll.

3 000

3 000

.

.

erkin konvertatsiyalanadigan valyutada

ming AQSh doll.

3 000

3 000

.

.

.

boshqa sarf-xarajatlar

ming AQSh doll. ekv.

20 068

14 873

4 295

900

erkin konvertatsiyalanadigan valyutada

ming AQSh doll.

20 068

14 873

4 295

900

1.2

Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash uchun ajratilgan hamda bojxona bojlaridan ozod etish ko‘rinishidagi mablag‘lar

ming AQSh doll. ekv.

23 700

.

.

23 700

1.3

Ijtimoiy soliq***

ming AQSh doll.

88

.

.

88

1.4

Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar****

ming AQSh doll.

16 858

.

.

16 858

1.5

Loyihani amalga oshirish guruhi xarajatlari

ming AQSh doll.

1 310

1 310

.

.

2.

Rekonstruksiya qilinadigan yo‘l uzunligi

km

60

3.

Iqtisod qilinadigan mablag‘lar hisobiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini barpo etish

dona

20

4.

Kutilayotgan bandlik soni

kishi

5.

Loyihani qoplashning hisob-kitob qilingan muddati

yil

6.

Investitsiya davri davomiyligi

oy

60

7.

Qarz to‘lash muddati

yil

20

8.

Shundan imtiyozli davr

yil

5

* Yakuniy narx ko‘rsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovar (ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi;

** Qurilish-montaj ishlarining summasiga 10% miqdorida ko‘zda tutilmagan xarajatlar hisobga olgan holda;

*** Ijtimoiy soliq Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

**** Yakuniy moliyaviy xarajatlar miqdori haqiqiy summalar, o‘zlashtirish sanasi va 10 yillik SOFRning o‘rtacha SVOP ko‘rsatkichiga bog‘liq.

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga

2-ILOVA

“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — ShahrisabzTermizavtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilishloyihasi doirasida Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan mablag‘larni bo‘lib to‘lash

PROGNOZ JADVALI

Qarz miqdori

106 700 000 AQSh doll.

Loyihani amalga oshirish muddati

5 yil

Qarzni qoplash muddati

20 yil

Investitsiya davri

5 yil

ITB qarzini qaytarish ustamasi

10 yillik AQSh dollardagi SOFR o‘rtacha SVOP ko‘rsatkichi + 2,1 b.p

To‘lovlar soni

30 ta

AQSh doll.

.

Yillar

Investitsiya davrida yechib olingan mablag‘lar uchun hisoblangan oldindan to‘lov*

Mablag‘larni bo‘lib to‘lash umumiy qiymati**

10.07.2024

602 428,20

602 428,20

10.01.2025

602 428,20

602 428,20

10.07.2025

1 210 191,40

1 210 191,40

10.01.2026

1 210 191,40

1 210 191,40

10.07.2026

1 823 289,60

1 823 289,60

10.01.2027

1 823 289,60

1 823 289,60

10.07.2027

2 441 722,80

2 441 722,80

10.01.2028

2 441 722,80

2 441 722,80

10.07.2028

.

5 354 769,52

10.01.2029

.

5 354 769,52

10.07.2029

.

5 354 769,52

10.01.2030

.

5 354 769,52

10.07.2030

.

5 354 769,52

10.01.2031

.

5 354 769,52

10.07.2031

.

5 354 769,52

10.01.2032

.

5 354 769,52

10.07.2032

.

5 354 769,52

10.01.2033

.

5 354 769,52

10.01.2033

.

5 354 769,52

10.01.2034

.

5 354 769,52

10.07.2034

.

5 354 769,52

10.01.2035

.

5 354 769,52

10.07.2035

.

5 354 769,52

10.01.2036

.

5 354 769,52

10.07.2036

.

5 354 769,52

10.01.2037

.

5 354 769,52

10.07.2037

.

5 354 769,52

10.01.2038

.

5 354 769,52

10.07.2038

.

5 354 769,52

10.01.2039

.

5 354 769,52

10.07.2039

.

5 354 769,52

10.01.2040

.

5 354 769,52

10.07.2040

.

5 354 769,52

10.01.2041

.

5 354 769,52

10.07.2041

.

5 354 769,52

10.01.2042

.

5 354 769,52

10.07.2042

.

5 354 769,52

10.01.2043

.

5 354 769,52

Jami:

172 798 349,50

* SOFR foiz stavkasi va oldindan to‘lov miqdori qarz mablag‘lari haqiqatda o‘zlashtirilganda aniqlanadi.

** ITB Hadli kelishuv bitimi bo‘yicha mablag‘larni bo‘lib to‘lash umumiy qiymati va mablag‘larni qaytarish sanalari qarz mablag‘lari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga

3-ILOVA

“M-39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — ShahrisabzTermizavtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilishloyihasi doirasida OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, foiz va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishning

PROGNOZ JADVALI

Qarz miqdori

47 249 170 AQSh doll.

Qarzni qoplash muddati

20 yil

Imtiyozli davr

5 yil

Foiz stavkasi

6 oylik SOFR + 2,3 b.p

Majburiyatlar uchun komissiya to‘lovi

yillik 0,25 %

Bir martalik vositachilik haqi

yillik 0,25 %

.

.

.

.

.

.

AQSh dollar

To‘lov davri

O‘zlashtirish grafigi

Foiz to‘lovlari*

Asosiy qarzni qaytarish

Majburiyatlar uchun to‘lovlar

Bir martalik vositachilik haqi

To‘lashi lozim bo‘lgan jami mablag‘**

01.12.2023-y.

.

.

.

.

118 122,93

118 122,93

10.12.2023-y.

8 000 000

0

.

65 960

.

65 960

10.06.2024-y.

8 000 000

136 714

.

39 929

.

176 643

10.12.2024-y.

8 000 000

270 457

.

29 384

.

299 841

10.06.2025-y.

8 000 000

401 227

.

19 485

.

420 712

10.12.2025-y.

8 000 000

537 941

.

9 112

.

547 053

10.06.2026-y.

7 249 170

683 572

.

.

.

683 572

10.12.2026-y.

.

789 901

.

.

.

789 901

10.06.2027-y.

.

807 455

.

.

.

807 455

10.12.2027-y.

.

794 290

.

.

.

794 290

10.06.2028-y.

.

789 901

1 574 972

.

.

2 364 873

10.12.2028-y.

.

772 055

1 574 972

.

.

2 347 027

10.06.2029-y.

.

753 624

1 574 972

.

.

2 328 596

10.12.2029-y.

.

710 911

1 574 972

.

.

2 285 883

10.06.2030-y.

.

699 794

1 574 972

.

.

2 274 766

10.12.2030-y.

.

661 908

1 574 972

.

.

2 236 880

10.06.2031-y.

.

631 921

1 574 972

.

.

2 206 893

10.12.2031-y.

.

608 955

1 574 972

.

.

2 183 927

10.06.2032-y.

.

592 133

1 574 972

.

.

2 167 105

10.12.2032-y.

.

552 931

1 574 972

.

.

2 127 903

10.06.2033-y.

.

538 303

1 574 972

.

.

2 113 275

10.12.2033-y.

.

503 050

1 574 972

.

.

2 078 022

10.06.2034-y.

.

473 941

1 574 972

.

.

2 048 913

10.12.2034-y.

.

450 097

1 574 972

.

.

2 025 069

10.06.2035-y.

.

430 643

1 574 972

.

.

2 005 615

10.12.2035-y.

.

394 951

1 574 972

.

.

1 969 923

10.06.2036-y.

.

376 812

1 574 972

.

.

1 951 784

10.12.2036-y.

.

346 094

1 574 972

.

.

1 921 066

10.06.2037-y.

.

315 961

1 574 972

.

.

1 890 933

10.12.2037-y.

.

291 240

1 574 972

.

.

1 866 212

10.06.2038-y.

.

269 152

1 574 972

.

.

1 844 124

10.12.2038-y.

.

236 970

1 574 972

.

.

1 811 942

10.06.2039-y.

.

215 321

1 574 972

.

.

1 790 293

10.12.2039-y.

.

185 334

1 574 972

.

.

1 760 306

10.06.2040-y.

.

157 980

1 574 972

.

.

1 732 952

10.12.2040-y.

.

133 113

1 574 972

.

.

1 708 085

10.06.2041 y.

.

107 661

1 574 972

.

.

1 682 633

10.12.2041 y.

.

78 990

1 574 972

.

.

1 653 962

10.06.2042 y.

.

53 830

1 574 972

.

.

1 628 802

10.12.2042 y.

.

26 476

1 574 972

.

.

1 601 448

.

47 249 170

16 781 610

47 249 170

163 870,0

118 122,93

64 312 762

* SOFR foiz stavkasi qarz mablag‘lari haqiqatda o‘zlashtirilganda aniqlanadi.

** OPEK jamg‘armasi qarz bitimi bo‘yicha asosiy qarzni, foizlarni va boshqa to‘lovlarni to‘lash qiymati va qarzni qaytarish sanalari qarz mablag‘lari yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2024-yil 15-apreldagi PQ-158-son qaroriga

4-ILOVA

“M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — ShahrisabzTermizavtomobil yo‘lining 1255 — 1315 km (60 km) qismini rekonstruksiya qilishloyihasi doirasida maqbullashtiriladigan va iqtisod qilinadigan mablag‘lar hisobiga vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish punktlarini qurish bo‘yicha

MANZILLI DASTUR

T/r

Avtomobil yo‘lining nomi

Punktlarning joylashuv manzili

O‘rnatiladigan nazorat punktlari soni, komplekt

Respublika bo‘yicha jami punktlar

22

.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

.

.

1.

A380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘li

883 km

1

.

Andijon viloyati

.

.

2.

4R112 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘li

103 km

1

3.

A373 “M39 avtoyo‘li — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh” avtomobil yo‘li

457 km

1

.

Buxoro viloyati

.

.

4.

M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi” avtomobil yo‘li

212 km

1

5.

4R220 “Vobkent — Shofirkon — Jilvon” avtomobil yo‘li

20 km

1

.

Jizzax viloyati

.

.

6.

M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘li

1013 km

1

.

Qashqadaryo viloyati

.

.

7.

A378 “Samarqand — G‘uzor” avtomobil yo‘li

58 km

1

8.

4R79 “Qarshi sh. — Xonobod q. — Chim q. — Chiroqchi q. — Shahrisabz sh.” avtomobil yo‘li

7 km

1

.

Navoiy viloyati

.

.

9.

4R64g “M37 avtoyo‘lidan Navoiy shahriga shoxobcha” avtomobil yo‘li

12 km

1

10.

M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi” avtomobil yo‘li

162 km

1

.

Samarqand viloyati

.

.

11.

M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘li

1081 km

1

.

Surxondaryo viloyati

.

.

12.

M41 “Bishkek — Dushanbe — Termiz” avtomobil yo‘li

1618 km

1

13.

M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘li

1400 km

1

.

Sirdaryo viloyati

.

.

14.

M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘li

140 km

1

15.

M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘li

871 km

1

.

Toshkent viloyati

.

.

16.

4R21 “Toshkent aylanma avtoyo‘liavtomobil yo‘li

9 km

1

17.

4R12 “Bektemir sh. — Chirchiq sh. — G‘azalkent sh. — Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘li

18 km

1

18.

A373 “M39 avtoyo‘li — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh” avtomobil yo‘li

61 km

1

19.

4R20 “Qorasuv q. — Bo‘ka sh. — Bekobod sh.” avtomobil yo‘li

63 km

1

20.

M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘li

817 km

1

21

A373 “M39 avtoyo‘li — Guliston — Bo‘ka — Angren — Qo‘qon va Andijon orqali — O‘sh” avtomobil yo‘li

45 km

1

.

Farg‘ona viloyati

.

.

22.

4R147 “Marg‘ilon sh. — Rishton sh. — O‘qchi q. — Karimdevona q — Konibodom sh.” avtomobil yo‘li

101 km

1

Izoh: ushbu manzilli dasturga Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;

Hujjat _______2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.

.

.