O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
2024-yil 19-IYUN.
PQ-226-son
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2022-yil 16-sentabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Kotibiyatiga tegishli bildirishnomani yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;
Hujjat _20,06______2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.