O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
6.07.2017 y.
469-son
AVVAL XUSUSIYLASHTIRILGAN QURILISHI TUGALLANMAGAN OBYEKTLAR VA FOYDALANILMAYOTGAN ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARI NEGIZIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN INVESTITSIYA LOYIHALARINING BAJARILISHINI MONITORING QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2897-son qarori ijrosini ta’minlash hamda avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-iyuldagi 469-son qaroriga
ILOVA
Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari jamoat ehtiyojlari uchun ularning yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan obyektlarga tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
idoralararo komissiya — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qaroriga muvofiq tuzilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha idoralararo komissiyalar;
ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari;
avval xususiylashtirilgan obyektlar — keyinchalik mulk egasining o‘zgarishidan qat’i nazar, davlat tomonidan xususiy mulk egalariga (jumladan ustav kapitaliga kiritish, sotish va boshqacha begonalashtirish yo‘llari bilan) berilgan binolar, turar joy bo‘lmagan binolar va qurilishi tugallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari — so‘nggi 12 oy mobaynida tovarlar ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)da umumiy maydonining 50 foizdan ko‘prog‘i (bir bino yoki noturarjoy xonasi konturi doirasida) foydalanilmay kelingan avval xususiylashtirilgan binolar va noturarjoy xonalari;
qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilish loyiha-smeta hujjatida belgilangan normativ muddatlarda, qurilishning belgilangan normativ muddati mavjud bo‘lmagan taqdirda – qurilish boshlangan sanadan boshlab 24 oy mobaynida qurib bitkazilmagan avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;
loyiha tashabbuskorlari — avval xususiylashtirilgan, qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi mulkdorlar;
investitsiya loyihalari — Idoralararo komissiya tomonidan tasdiqlangan, avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshiriladigan, investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish bo‘yicha loyihalar;
mas’ul tashkilotlar — mazkur Nizomga muvofiq investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini o‘tkazishda ishtirok etuvchi va ishchi organga ma’lumotlar taqdim etuvchi tashkilotlar.
2-BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH MONITORINGINI YURITISH TARTIBI
3. Ishchi organ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-fevraldagi PQ-2796-son qaroriga muvofiq, idoralararo komissiyalar va tijorat banklari tomonidan loyiha tashabbuskorlari bilan birga ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holati monitoringini yuritadi.
4. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish doirasida ishchi organ:
investitsiya loyihalarining parametrlarini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining hisobini yuritadi;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari va mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni tahlil qiladi va umumlashtiradi;
idoralararo komissiyaga investitsiya loyihalari amalga oshirilishining monitoringi natijalari to‘g‘risida ma’lumot kiritadi;
xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish bo‘yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.
5. Investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini yuritish uchun loyiha tashabbuskorlari va mas’ul tashkilotlar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning uchinchi sanasidan kechiktirmay ishchi organga quyidagi ma’lumolarni taqdim etadi:
loyiha tashabbuskorlari — investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi va investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarning holati, shu jumladan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq, hisobot sanasiga investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan moliyaviy-iqtisodiy parametrlar bo‘yicha ma’lumotlar;
tijorat banklari — mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi (kreditlar ajratilishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat soliq boshqarmalari — loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ma’lumotlar.
6. Investitsiya loyihasini amalga oshirish yakuniga yetgandan so‘ng loyiha tashabbuskori investitsiya loyihasining investitsiyaviy, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish), eksport (nazarda tutilgan bo‘lsa) hajmlari va yangi ish o‘rinlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilganligini ko‘rsatgan holda, investitsiya loyihasini to‘liq amalga oshirganligi to‘g‘risida ishchi organga ma’lumot taqdim etadi.
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish yakuniga yetgandan so‘ng mas’ul tashkilotlar ishchi organga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
tuman (shahar) hokimliklari uch kun muddatda — tuman (shahar) hokimi tomonidan qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash haqida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat soliq boshqarmalari bilan birgalikda bir hafta muddatda — investitsiya loyihalarining tashabbuskorlaridan olingan ma’lumotlar tahlili natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning individual raqami (STIR) orqali kelib tushgan mablag‘larni o‘rganish asosida, investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida yaratilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi xulosa.
8. Ishchi organ olingan ma’lumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 7-sanasiga qadar tahlil qiladi va umumlashtiradi, idoralararo komissiyaga va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagilarni taqdim etadi:
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shakl bo‘yicha investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi natijalari to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumot;
investitsiya loyihalarini amalga oshirmagan loyihalar tashabbuskorlari ro‘yxati.
9. Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi idoralararo komissiya majlislarida har oyda kamida bir marta ko‘rib chiqiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi olingan ma’lumotlarni umumlashtiradi va har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va idoralararo komissiyalar ishlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritadi.
3-BOB. LOYIHALAR TASHABBUSKORLARIGA KO’MAKLASHISH
11. Monitoring jarayonida, shuningdek loyiha tashabbuskorlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishida to‘siqlar vujudga kelgan taqdirda ishchi organga murojaatlari bo‘yicha:
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda o‘z vakolati doirasida ko‘maklashish to‘g‘risida davlat organlari va tegishli tashkilotlarga iltimosnoma yuboradi;
iltimosnoma yo‘llangandan keyin masala hal etilmagan taqdirda investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarning o‘z vakolati doirasida bartaraf etilishi yuzasidan davlat organlari va tegishli tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnoma yuboradi;
xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etuvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda va tijorat banklarining kreditlari ajratilishida ko‘maklashadi.
12. Ishchi organ tomonidan hisobot oyi davomida yuborilgan talabnomalar va iltimosnomalar, shuningdek ularga muvofiq davlat organlari hamda tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar idoralararo komissiyaga taqdim etiladigan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomada aks ettiriladi.
13. Davlat organlari va mas’ul tashkilotlar tomonidan ishchi organ yuborgan iltimosnoma va talabnomalar zarur darajada e’tibor bermay qoldirilgan taqdirda, idoralararo komissiya ularning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash tashabbusi bilan chiqadi.
14. Investitsiya loyihasi loyihaning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish), eksport (mavjud bo‘lsa) hajmi va yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni bo‘yicha prognoz parametrlari bajarilgan taqdirda amalga oshirilgan hisoblanadi.
15. Ishchi organ idoralararo komissiyaning qaroriga binoan, yiliga kamida bir marta joyiga borgan holda, amalga oshirilgan investitsiya loyihalarining samaradorligini o‘rganadi.
4-BOB.YAKUNLOVCHI QOIDALAR
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
17. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo bo‘lgan bahsli holatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Investitsiya loyihasini moliyalashtirish hamda uning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarida nazarda tutilgan ishlarning bajarilishi to‘g‘risida
AXBOROT
T/r |
STIR |
Avval xususiylash-tirilgan obyektlarning mulkdorlari (ijarachilari) |
Hudud nomi |
Tuman (shahar) nomi |
Taqdim etilgan xabarnomaning sanasi va raqami |
Egallagan maydoni |
Xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi |
Faoliyat turi |
Tarmoq |
Loyiha mazmuni |
|
|||||||||||
umumiy yer maydoni (ga) |
shu jumladan bino va inshootlar maydoni (kv. m) |
|
||||||||||||||||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
|
||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
jadvalning davomi |
|
|||||||||||||
Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatlari |
Investitsiya loyihasini foydalanishga topshirish muddati (oy) |
Tashkil etilgan ish o‘rinlari |
Kiritilgan investi-tsiyalar |
Shu jumladan, |
Ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi (mln so‘m) |
Mahsulot eksporti hajmi (ming AQSh dollari) |
Izoh |
|
||||||||||||||
o‘z mablag‘lari |
bank kredit-lari |
|
||||||||||||||||||||
yil |
chorak |
oy |
|
|||||||||||||||||||
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
18 |
19 |
20 |
21 |
22 |
|
|||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi (kredit ajratilishi) to‘g‘risida
AXBOROT
T/r |
STIR |
Avval xususiylashtirilgan obyektlarning mulkdorlari (ijarachilari) |
Tuman (shahar) nomi |
Faoliyat turi |
Loyiha mazmuni |
Bank tomonidan kreditlar ajratish muddatlari (oy) |
Xizmat ko‘rsatuvchi bank |
Ajratilgan kreditlar miqdori |
Izoh |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Loyiha tashabbuskorlarining moliya-xo‘jalik faoliyatining amalga oshirilishi to‘g‘risida
AXBOROT
T/r |
STIR |
Avval xususiylashtirilgan obyektlarning mulkdorlari (ijarachilari) |
Hudud nomi |
Tuman (shahar) nomi |
Xizmat ko‘rsatuvchi bank |
Faoliyat turi |
Loyiha tashabbuskorlarining moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot |
Izoh |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Avval xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining bajarilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi natijalari to‘g‘risida
YIG‘MA AXBOROT
T/r |
Hudud nomi |
Avval xususiylashtirilgan obyektlarning investitsiya loyihalari bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi mulkdorlari (ijarachilari) |
Kiritilgan investitsiyalar summasi |
Shu jumladan, banklar kreditlari(mln so‘m) |
Ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi (mln so‘m) |
Shu jumladan eksport qilingani |
Tashkil etilgan ish o‘rinlari |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;
Hujjat ___1.05____2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.