O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 2021-YIL 24-DEKABR, 771-SON TRANSCHEGARAVIY PUL O‘TKAZMALARINI TA’MINLASH BO‘YICHA TO‘LOV TIZIMINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

2021-YIL 24-DEKABR,

771-SON

.

TRANSCHEGARAVIY PUL O‘TKAZMALARINI TA’MINLASH BO‘YICHA TO‘LOV TIZIMINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Pul o‘tkazmalari tizimining samaradorligi va amaliyotlarning shaffofligi darajasini oshirish, tranzaksion (operatsion) xatarlarni minimallashtirish va barqarorligini ta’minlash, respublikada xavfsiz pul o‘tkazmalari uchun moliya-bank tizimida zarur shart-sharoitlar yaratish hamda xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muntazam ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamdaO‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiAJning (keyingi o‘rinlardaO‘zmilliybank) xorijiy davlatlar hududidan O‘zbekiston Respublikasiga transchegaraviy pul o‘tkazmalarini amalga oshirish maqsadidaYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

2. Belgilansinki:

Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi uning operatori sifatida ishtirok etuvchi O‘zmilliybank protsessing markazi negizida tashkil etiladi;

jismoniy shaxslar o‘rtasidagi transchegaraviy o‘tkazmalar xorijiy davlatlar hududidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘zaro manfaatli tariflar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy tanlash asosida boshqa to‘lov tizimlari bilan bir qatordaYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi;

Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi bir qator apparat va dasturiy-texnik vositalarni o‘zida mujassam qilgan tizimli platforma bo‘lib, to‘lov tizimi ishtirokchilari (kredit tashkilotlari) uchun vakillik hisobvaraqlari orqali transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;

Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha O‘zmilliybank hisob-kitob banki funksiyasini bajaradi;

Aziya — Invest Bank” AJ (Moskva shahri) “Yagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hududidagi hisob-kitob banklaridan biri hisoblanadi.

3. O‘zmilliybank uch oy muddatdaYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi barcha ishtirokchilari uchun transchegaraviy pul o‘tkazmalari yagona tarif siyosati va o‘zaro hamkorlik qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4. O‘zmilliybankYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi faoliyatini tashkil etish doirasida:

Aziya — Invest Bank” AJ (Moskva shahri) bilan birgalikda olti oy muddatdaYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimini yaratish bo‘yicha barcha zarur texnik va tashkiliy ishlarni hamda barcha ishtirokchilarga, shu jumladan, xorijiy to‘lov tizimlariga texnologik integratsiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchilik talablariga muvofiq ochiq kirish imkoniyatini ta’minlash ishlarini yakunlasin;

O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari bilan olti oy muddatdaYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi bilan texnologik integratsiya ishlarini yakunlasin;

Aziya — Invest Bank” AJ (Moskva shahri) bilan birgalikda uch oy muddatda manfaatdor chet el banklari va xorijiy to‘lov tizimlari bilanYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi xizmatidan foydalanish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish masalasi yuzasidan, shuningdek o‘tkazmalar uchun tarifikatsiya va vositachilik haqini kamaytirish yuzasidan muzokaralar olib borsin va memorandumlarni imzolasin;

AziyaInvest Bank” AJ (Moskva shahri) bilan birgalikda olti oy muddatdaYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimi tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlar asosida skoring tahlilini amalga oshirgan holda Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga joylashish bo‘yicha xarajatlarini qoplash maqsadida kreditlar ajratish loyihasini ishlab chiqsin va amaliyotga tatbiq etsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklariga transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha bank xizmatlarini ko‘rsatishda boshqa to‘lov tizimlari bilan bir qatordaYagona transchegaraviy pul o‘tkazmalarito‘lov tizimidan foydalanish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariiqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamdaO‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiaksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV