O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 2024-YIL 7-SENTABR, PQ-316-SON Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

2024-YIL 7-SENTABR,

PQ-316-SON

.

Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:

1. 2016-yil 19-may kuni Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan qabul qilingan Osiyo va Tinch okeani mintaqasida transchegaraviy qog‘ozsiz savdo jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi hadli bitimga qo‘shilinsin.

2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan norasmiy tarjimada taqdim etilgan;

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;

Hujjat ___10.09____2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.

.