O’zbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI 2024-yil 27-avgustdagi № PQ-303-son O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY INVESTITSIYA FONDINI TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

QARORI

2024-yil 27-avgustdagi

PQ-303-son

.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY INVESTITSIYA FONDINI TASHKIL ETISH TO’G’RISIDA

Mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmini ko’paytirish, shuningdek, davlat ulushi ustun bo’lgan yirik kompaniyalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish jarayonlarini tezlashtirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining O’zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya fondini (keyingi o’rinlarda – Fond) tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Quyidagilar belgilab qo’yilsin:

Fond aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi, uning aksiyalari ommaviy joylashtirilguniga qadar yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi;

Fondganing asosiy mablag’i korxonalar va tijorat banklarining davlat ulushi aksiyalarining bir qismini (keyingi o’rinlardainvestitsion aktivlar) baholangan bozor qiymati bo’yicha o’tkazish orqali shakllantiriladi;

Fondning aksiyadorlarini umumiy yig’ilishi qaroriga asosan Fondga investitsion aktivlarni ishonchli boshqaruvchi (keyingi o’rinlardaIshonchli boshqaruvchi) jalb etishga ruxsat beriladi.

3. «O’zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya fondi» AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat   ulushi o’tkaziladigan korxonalar va tijorat banklari Ro’yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Fondning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Fondning sof aktivlari bozor qiymatini oshirish;

Fond aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjalarida joylashtirish;

Fond aktivlariga investitsiyalar jalb qilish va ularni xususiylashtirishda ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb etish;

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish, Fondning investitsion aktivlarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Fondni ishonchli boshqaruvga topshirish uchun tajribali boshqaruv kompaniyasini jalb qilish bo’yicha choralar ko’rsin va ushbu boshqaruv kompaniyasining asosiy majburiyatlarini, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi majburiyatlarni belgilasin:

2026-yil oxirigacha Fond aksiyalarini Toshkent va xalqaro fond birjalarida, shu jumladan London fond birjasida joylashtirish;

investitsion aktivlarda transformatsiya jarayonlarini faollashtirish, shu jumladan samaradorlik va shaffoflikni oshiruvchi texnologik tizimlarni joriy etish, har bir kompaniyada biznes, operatsion va tijorat faoliyatini yaxshilash;

Fondda zamonaviy risk-menejment tizimini joriy etish.

6. Belgilab qo’yilsinki, 2030-yilgacha bo’lgan davrda Fond investitsion aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlari bo’yicha dividendlar to’loviga yo’naltiriladi.

7. Tajriba tariqasida quyidagi tartib joriy etilsin:

a) Fond aksiyalari qiymatini uning ustav kapitalining 100 foizigacha miqdorda qimmatli qog’ozlar bilan to’lashga ruxsat beriladi;

b) Ishonchli boshqaruvchiga quyidagi talablar tatbiq etilmaydi:

boshqaruvida bo’lgan investitsion aktivlarning o’rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida ustav kapitaliga ega bo’lish talabi;

Fond faoliyati doirasida sof aktivlar qiymatidan kelib chiqib qimmatli qog’ozlarga investitsiyalar hajmiga oid cheklovlar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-sentyabrgacha o’tkazilgan tajriba natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumot va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari D.A. Qo’chqorov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

.

.

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan norasmiy tarjimada taqdim etilgan;

Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;

Hujjat _10.09______2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.

.