O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Q А R О R I
30.08.2024 y
№ PQ-308
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2024-2030 YILLARDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
«O‘zbekiston — 2030» strategiyasiga binoan davlat-xususiy sheriklik loyihalariga 2030 yilga qadar kamida 30 mlrd AQSH dollari miqdorida xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadli ko‘rsatkichini taʼminlash, hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish uchun hududlarda zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga muvaffaqiyatli tajribani boshqa sohalarga tatbiq etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2024-2026 yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq:
2024-2030 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanish.
Bunda:
yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 km zamonaviy pullik magistral avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish shu jumladan Toshkent—Samarqand yo‘lini qurish ishlarini 2024 yilda kamda Toshkent—Andijon yo‘lini 2026 yilda boshlash;
yillik energiya yo‘qotishlarini kamida ikki baravar pasaytirishni belgilagan xolda barcha hududlarda elektr taqsimlash tarmoqlarini 2027 yil 1 iyuliga kadar, tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlarini esa 2027 yil yakuniga radar xususiy operatorlarga topshirishni nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolash;
yiliga qo‘shimcha 30 foizgacha elektr energiyasini tejash maqsadida 2028 yilga qadar barcha maʼnan eskirgan irrigatsiya nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish;
toza va doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlash qamrovini 87 foizga, markazlashgan oqova suv taʼminoti qamrov darajasini 30 foizgacha oshirishni nazarda tutgan xolda 2028 yil yakuniga kadar bar bir hududda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish uchun xususiy kompaniyalarni jalb qilish;
400 mingdan ortiq, o‘quvchilar sig‘imiga ega zamonaviy taʼlim muassasalari kamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig‘imiga ega maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026 yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSH) tamoyillari asosida xar yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha taʼlim muassasalarini ko‘rish va boshqarishni tashkil etish;
ilg‘or texnologiyalarga asoslangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli shifoxonalarni ko‘rish va ularni xususiy operatorlar boshqaruviga berish lozimligi inobatga olinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Dastur loyihalariga xalqaro moliya institutlari talabini inobatga olgan xolda maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi so‘rovi asosida ep maydonlarini ajratish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) xalqaro va ikki tomonlama tashkil etiladigan biznes forum, respublika investitsiya salohiyati bo‘yicha taqdimotlar (roud-shou) doirasida salohiyatli xorijiy investorlarni istiqbolli DXSH loyihalari bilan tanishtirishni nazarda tutsin.
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublikadagi DXSH sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilik va istiqbolli loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazib borsin.
4. Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Dastur doirasidagi DXSH loyihalarining sifatli amalga oshirilishi, amaliyotga tatbiq etilishi hamda atrof-muhit va ijtimoiy xavfsizlik standartlariga muvofiqligini eng yaxshi xalqaro amaliyotlar asosida tashkil etsin.
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) mahalliy va xorijiy standartlardagi tafovutlarni bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtiradi va tafovutlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi (A. Abduhakimov) bir hafta muddatda oqova suvlarni tozalash inshootlariga belgilangan Yevropa va milliy standartlar o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etgan ¿olda Namangan viloyati oqova suvlar taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va xususiy operatorga berish bo‘yicha loyihani boshlash yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetik vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi Qonunga DXSH asosidagi loyihalar bo‘yicha davlat tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar (sotib olish yoki tulab berish) va beriladigan tasdiq xatlarining (Comfort letter) yuqori chegarasini o‘rnatishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Dasturga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, Davlat-xususiy sheriklik jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni samarali boshqarish, shu jumladan loyihalarga konsultantlarni jalb qilish maqsadida IstiSDdiyot va moliya vazirligi tuzilmasida umumiy shtat birliklari doirasida davlat muassasasi shaklida “Davlat-xususiy sheriklik loyihalari markazi” loyiha ofisi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin.
Belgilansinki:
Loyiha ofisi doimiy ravishda roud-shou, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil qilish, xalqaro platformalardan keng foydalanish, DXSH yo‘nalishida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish, ularning amaliyotini chet elda o‘tkazish hamda xalqaro sertifikatlar olishni tashkillashtiradi;
Loyiha ofisiga Dastur loyihalarida mahalliy kontentni ko‘paytirish va loyihalarni milliy valyutada moliyalashtirishni kengaytirish bo‘yicha uquv dasturini ishlab chiqish vazifalari yuklatiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov) ikki hafta muddatda loyiha ofisi nizomini, shuningdek, uning tuzilmasi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini tasdiqlansin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov):
a) bir oy muddatda:
DXSH loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy tijorat banklari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armani tashkil qilish;
DXSH loyihalarini “dasturiy yondashuv” asosida salohiyatli investorlar bilan amalga oshirish, bunda xususiy sherik bilan asosiy shartlarni kelishish (rentabellik darajasi, muddatlar va amalga oshirish mexanizmlari)ni ko‘zda tutuvchi yangi mexanizm bo‘yicha takliflarni kiritsin;
b) 2024 yil yakuniga qadar:
Raqamli texnologiyalar Vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda DXSH loyihalari amalga oshirilishining har bir bosqichini, shuningdek, DXSH loyihalari reyestrini yuritish va monitoringi olib borilishini raqamlashtirish maqsadida DXSH loyihalarning elektron platformasini amaliyotga joriy etsin;
tegishli vazirlik, idoralar va davlat ulushiga ega kompaniyalar tizimlari mazkur platformaga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
9. Vazirlik, idoralar va davlat ulushiga ega kompaniyalar davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlari to‘g‘ri hisobga olinishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ikki hafta muddatda tuzilgan barcha DXSH bitimlari matni yuborilishini, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (J. Karshibayev) mazkur loyihalarning istisno tariqasida soddalashtirilgan tartibda Davlat-xususiy sherik loyihalari reyestriga kiritilishini taʼminlasin.
Bunda DXSH tamoyillarini o‘z ichiga olgan barcha uzoq muddatli investitsiya loyihalari, shu jumladan investitsiya to‘g‘risidagi qonunchilik doirasida imzolangan shartnomalar hamda kichik loyihalar Davlat – xususiy sheriklik loyihalari reyestriga kiritilishi taʼminlansin.
10. Har bir DXSH loyihasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash uchun quyidagi tizim joriy qilinsin:
Vazirlar Mahkamasida har chorakda mazkur qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi tanqidiy muhokama qilib borilishi yo‘lga qo‘yiladi;
vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalarining rahbarlari tomonidan har yili bir marta DXSH loyihalarining holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida taqdimot qilinadi.
11. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024 yil 1 noyabrga qadar 2024—2030 yillarda DXSH asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturiga kiritilgan bar bir DXSH loyihasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning hududlar kesimida kompleks tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Sport vazirligi (A. Ikramov) va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar samarasiz foydalanib kelinayotgan respublikadagi yirik shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlarini (shu jumladan, madaniyat saroylari, stadionlar, konsert zallari, istirohat bog‘lari) xatlovdan o‘tkazib, xususiy sektorga DXSH asosida o‘tkazish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Belgilansinki, vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va vazifalarni to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida amalga salohiyatli investorlarni jalb qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Mazkur qarorning ijrosini samarali tashil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan norasmiy tarjimada taqdim etilgan;
Hujjat “S VERENIN’S LEGAL GROUP” advokatlik firmasining maʼlumotlar bazasidan taqdim etilgan;
Hujjat ___30.08____2024 yil holatiga ko’ra taqdim etilgan.