17 Sentyabr 2019

Tadbirkorlar Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘ni rekonstruksiya qilishga taklif qilinmoqda

Bog‘ning umumiy maydoni 16,5 gektar bo‘lib, u yerda 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

Tadbirkorlar Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog’i hududida investitsiya loyihalarni amalga oshirishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Ayni paytda Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i keng ko‘lamli rekonstruktsiyaga muhtoj. Bog‘ o‘zbek milliy uslubida quriladi va muallifning eng mashhur romanlaridan biri “O‘tkan kunlar” yozilgan davrni aks ettirishi tahmin qilinmoqda.

Bog‘ning umumiy maydoni 16,5 gektar bo‘lib, u yerda 14 ta loyiha amalga oshiriladi. Shu jumladan quyidagilar:

Istirohat bog‘i Toshkent shahrining eski shahar qismining o‘ziga xos davomi bo‘lishi, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hazrati Imom majmuasi va Chorsu bozori bilan yagona me’moriy ansamblni tashkil qilishi rejalashtirilgan.