Investitsiya uchun ariza

Ish faoliyatiga investitsiya jalb qilishni istagan yuridik va jismniy shaxslar “INVEST IN UZBEKISTAN” loyihasining qo’ng’iroq-markaziga yoki “javobli aloqa”ga murojat qilishlari mumkin.

INVEST IN UZBEKISTAN loyihasi quyidagi kategoriyalar bo’yicha talab qilinayotgan investitiyalardan kerakligini tanlab olish imkonini beradi:

  • Korxonalarga investitsiyalar
  • San’atga investitsiyalar
  • Tijorat ko’chmas mulkiga investitsiyalar
  • Korxonalarning qarz majburiyatlari uchun investitsiyalar
  • Uy-joy ko’chmas mulkiga investitsiyalar
  • Davlat-xususiy sector hamkorligiga investitsiyalar
  • Bank instrumentlari (depozitlar, ulushlar)

Yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagilar kafolatlanadi:

  • eksportga yo’naltirilgan mahsulotlarning mahalliy brendlarini rivojlantirishni rag’batlantirish, O’zbekiston korxonalarining xorijiy investitsiyalar yordamida eksport qilishni rag’batlantirish.
  • chet el kapital bozorlarida, ko’rgazma va yarmarkalarda investitsion shartnomalarni tuzish, yangi kapital bozorlariga kirish va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga chet el investitsiyalari ishtirokida yangi turdagi mahsulotlarni eksport qilishni ta’minlaydigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yordam berish.
  • xorijiy investorlarning, tadbirkorlik sub’ektlarining, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash
  • O’zbekistonning davlat organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida chet el kapitali ishtirokidagi xalqaro savdo, iqtisodiy va investitsiya munosabatlarini mustahkamlash, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish.
  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, adolatsiz tijorat va raqobatga qarshi kurash, ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish, korxonalarni bosib olish va mulkni qonunga xilof ravishda taqsimlash bilan bog’liq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda qonuniy xatarlarni oldini olish, aniqlash, minimallashtirish yoki bartaraf etish.

Loyiha O’zLiDeP partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasi va «S.VERENINS LEGAL GROUP» huquqshunoslik kompaniyasi ko’magida amalga oshirilmoqda. Qo’shimcha ma’lumot uchun «INVEST IN UZBEKISTAN» loyihasining aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin

 

Anketa na’munasini yuklab olish

 

Анкета для заполнения

Анкета шакли