19 Sentyabr 2022

Xitoyning CAMCE kompaniyasi Chorvoqda kanat yo’lini qurmoqchi

ShHT sammiti doirasida Turizm vazirligi Xitoyning CAMCE injiniring kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

16-sentabr kuni Samarqandda vazirlik rahbari Aziz Abduhakimov va CAMCE direktorlar kengashi raisi Van Bo hujjatlarni imzoladi. Hujjat “Turizm sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash”ga asoslanadi.

Tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:

  • kanat yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • kanat yoʻllari investitsiya loyihalarini ilgari surish uchun mutaxassislarni jalb qilish;
  • loyihalar uchun saytlarni tanlaydigan, texnik va moliyaviy tafsilotlarni aniqlaydigan mutaxassislarni yuborish;
  • mahalliy kadrlarni kanat yo‘llarini boshqarishga o‘rgatish.

CAMCE delegatsiyasi mahalliy infratuzilmani o‘rganish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ham tashrif buyurdi. Xitoylik mehmonlar Chorvoqdagi investitsiya loyihalari, shuningdek, bu yerda kanat yoʻllarini qurish rejalariga qiziqish bildirishdi.