25 Oktyabr 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri, qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Komissiya faoliyatining asosiy natijalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoatda, yoqilg‘i-energetika majmuida, kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi korxonalari o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama dasturni tayyorlashga kelishib olindi.

Qo‘shma Loyiha ofisinining samarali faoliyatini davom ettirish, biznes tashabbuslari va hududlararo almashinuv loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.