05 Sentyabr 2022

O‘zbekiston va Masdar o‘rtasida birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha shartnoma imzolandi

O‘zbekiston va Masdar (BAA) Navoiy viloyatining Tamdi tumanida quvvati 500 megavatt bo‘lgan O‘zbekistonda birinchi sanoat shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz” muxbiri.

Zarafshon shamol elektr stansiyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik ana shunday loyiha bo‘lib, u 500 mingga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi va yiliga 1,1 million tonnaga yaqin karbonat angidrid gazining atmosferaga chiqishining oldini oladi. Loyiha O‘zbekistonning 2030 yilgacha elektr energiyasiga bo‘lgan talabining 25 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan qondirish maqsadi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 600 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi kutilmoqda.

2024-yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan Zarafshon shamol elektr stansiyasi Masdar kompaniyasining O‘zbekistondagi ikkinchi yirik sanoat loyihasidir. Birinchisi, Navoiy viloyatining Karmana tumanida 2021-yilda ishga tushirilgan 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi edi.

Bundan tashqari, 2021-yilda Masdar O‘zbekistonning qator hududlarida umumiy quvvati 897 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha ham shartnoma imzoladi.