05 Noyabr 2022

Kelgusi yilda Samarqand jahon turizm poytaxtiga aylanadi

Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bugun Samarqandga keldi. Yangi aeroportda uni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.

Kelgusi yilda Samarqand jahon turizm poytaxtiga aylanadi – 2023-yilda bu yerda UNWTO Bosh Assambleyasining sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Faol tayyorgarlik boshlanmoqda. UNWTO Bosh kotibi Toshkentga ham tashrif buyurib, Amirsoy kurortining yangi qurilish bosqichi bilan tanishadi.