ISSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha keng jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlariga joylashtirildi.
Islohotlar dasturlarida 2026 yil uchun:
Islohotlar dasturlari aholi tanishib chiqishi uchun qulay va ixcham shaklda tayyorlangan bo‘lib, Davlat Rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish mexanizmi va yil yakuni bo‘yicha erishiladigan aniq natijalari bilan bayon etilgan.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida 2026 yilda Strategiyada belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar, har bir soha kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va strategik islohotlarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati nazarda tutilmoqda.
Farmon loyihasi 2026-yil 1-fevralga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
Ustuvor islohotlar dasturlari va Davlat dasturi loyihalari muhokamasida faol ishtirok eting.