13 dekabr 2023

Shvetsiya kompaniyasi O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov Stokgolmda Shvetsiyaning Ericsson AB telekommunikatsiya uskunalari kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Muzokaralar davomida mamlakatimizning barcha hududlarida 5G mobil aloqa tayanch stansiyalari qamrovini kengaytirish loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Respublika mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalarining mobil aloqa baza stansiyalarini modernizatsiya qilish va kompaniya tomonidan O‘zbekistonda rasmiy ofis ochish masalalari atroflicha o‘rganildi.

O‘zbekistonga tashrif chog‘ida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan keyingi muzokaralarni davom ettirishga qaror qilindi.