Toshkent xalqaro investitsiya forumi butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun keng ko‘lamli muloqot maydoni bo‘lib, O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro investitsiya va ishbilarmon doiralarga taqdim etish imkonini beradi.
Forumni o‘tkazishdan maqsad – O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashuvdan manfaatdor bo‘lgan yirik xorijiy investitsiyalar, moliya-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb qilishdir.
Toshkent xalqaro investitsiya forumining asosiy tadbirlari 2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahar Kongress-xollda bo‘lib o‘tadi.
Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://tiif.online/registration
Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi muddati: 2024-yil 25-aprel