18 Mart 2024

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun keng ko‘lamli muloqot maydoni bo‘lib, O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini xalqaro investitsiya va ishbilarmon doiralarga taqdim etish imkonini beradi.

Forumni o‘tkazishdan maqsad – O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashuvdan manfaatdor bo‘lgan yirik xorijiy investitsiyalar, moliya-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb qilishdir.

Toshkent xalqaro investitsiya forumining asosiy tadbirlari 2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahar Kongress-xollda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://tiif.online/registration

Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi muddati: 2024-yil 25-aprel