30 iyul 2024

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda elektroskuter ishlab chiqariladi

Bugungi kunda yurtimizda Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga doir bir qator yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish davom etmoqda, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi.

Yangiyoʻl tumanida yana bir yangi investitsion loyiha Xitoy Xalq Respublikasining “ECOMOTO” xorijiy korxonasi tomonidan skuter ishlab chiqarish tashkil etilmoqda.

Yangiyoʻl tumani hokimi O.Ataullayev investorlar bilan uchrashib, “ECOMOTO” korxonasi bilan memorandum imzolandi.

Ushbu loyiha qiymatida toʻgʻridan-toʻgʻri 10mln dollar xorijiy investitsiyani kiritish hamda 50 ta doimiy ish oʻrnini yaratish rejalashtirilgan.

Mazkur loyihada koʻrsatilgan zamonaviy va raqobatbardosh elektroskuterlar 2025-yilning 2-choragidan boshlab Yangiyoʻl tumanida ishlab chiqarishni boshlaydi.