Boku shahrida Oʻzbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi hamda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi va nomenklaturasini kengaytirishga bagʻishlangan B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
O‘zbekiston eksportyorlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ikki davlatdan 80 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etdi.
Ozarbayjonlik hamkorlarga Oʻzbekiston mahsulotlari, jumladan, toʻqimachilik, kosmetika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va farmatsevtika va uy-roʻzgʻor buyumlari koʻrgazmasi taqdim etildi.
Yig‘ilishning rasmiy ochilishida Ozarbayjon tadbirkorlar konfederatsiyasi vitse-prezidenti Vugar Zeynalov, Boku shahridagi “O‘zbekiston” savdo uyi asoschisi va rahbari Ramin Sharifov, O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Valixonovlar ishtirok etdi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston korxonalari bilan eksport shartnomalari imzolandi. Tomonlar, shuningdek, Boku shahrida faoliyat yuritayotgan “O‘zbekiston” savdo uyiga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha kelishib oldilar va Ozarbayjon kompaniyalari mahalliy ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishish maqsadida avgust-sentyabr oylarida O‘zbekistonga ishbilarmonlik tashrifini amalga oshirishni rejalashtirgan.