04 sentabr 2024

O‘zbekiston va Xitoy hududlararo hamkorlik ishtirokchilari safini kengaytirmoqda

O‘zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulligida ‘‘NOVA International Belt and Road Platform’’ assotsiatsiyasi asoschisi va raisi Yu Ting bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Yig‘ilishda 2023-yilda o‘tkazilgan va joriy yil davomida tashkil etilgan biznes-forumlar, seminarlar va O‘zbekiston viloyatlari delegatsiyalarining tashriflari janubiy viloyatlardagi ko‘plab Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonga qiziqishini oshirgani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida yaqin kunlarda Xitoy kompaniyalari ishtirokida “O‘zbekiston bilan biznes” mavzusida biznes-forum tashkil etishga kelishib oldilar. Tomonlar qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish uchun xitoylik ishbilarmonlarning mamlakatimiz hududlariga tashriflarini tashkil etishga ham kelishib oldilar.