17 avgust 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Filippin Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Filippin Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Roberto Gutierrez Manalo bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. 2026-yilning birinchi yarmida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3,3 mln AQSh dollariga yetib, 135,6 foizga oshdi.

Qishloq xo‘jaligi, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish, AKT, elektrotexnika, transport, geologiya va to‘qimachilik sanoati hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Shuningdek, Qo‘shma iqtisodiy komissiyani tashkil etish, Manila shahrida biznes-forum o‘tkazish, aviaqatnovlarni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro savdoni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.