2026-yil 11-sentabr kuni Seulda Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.
Forum O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va hududlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim muloqot maydoni bo‘ladi. Tadbir ikki mamlakatning davlat organlari, investitsiya hamjamiyati va ishbilarmon doiralari vakillarini bir maydonda jamlaydi.
Forum kun tartibidan sanoat kooperatsiyasi va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, kasbiy ta’lim va malakali kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt (AI) va IT sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek madaniy-gumanitar aloqalar hamda sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin oladi.
Agar kompaniyangiz koreyalik hamkorlar bilan yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish yoki mavjud hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lsa, sizni Birinchi O‘zbekiston–Koreya hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.