17-mart kuni Syurix shahrida “O‘zbekiston -Shveysariya” biznes-forumi tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati. Mazkur tadbir ikki mamlakatning ishbilarmon doiralari, yetakchi kompaniyalari hamda tegishli tashkilotlari vakillarini birlashtiradi.
Forum doirasida O‘zbekiston va Shveysariyaning iqtisodiy salohiyati, investitsiya imkoniyatlari hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Dasturda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan B2B uchrashuvlar ko‘zda tutilgan.
Quyidagi sohalarda yetakchi kompaniyalar taqdimotlari rejalashtirilgan:
Mazkur forum ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida barqaror biznes aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surishuchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
ltimos, tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi shaklni to‘ldiring.