23 oktabr 2025

Joriy yilning 31-oktabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston – Finlyandiya” biznes forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 31-oktabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston – Finlyandiya” biznes forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

 

Mazkur forum Finlyandiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sanoat innovatsiyalari, konchilik, metallurgiya va barqaror iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlarida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbir doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida bevosita muloqotlar tashkil etilib, amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Forum InterContinental Tashkent by IHG mehmonxonasida (Shahrisabz ko‘chasi 2) bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali shaklni to‘ldiring:
https://eurouz.glueup.com/event/finnish-uzbek-business-forum-159072