2026 yil 5–6 fevral kunlari Islomobod shahrida (Pokiston Islom Respublikasi) “O‘zbekiston–Pokiston” biznes-forumi va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.
Ushbu tadbir ikki davlatning rasmiy va biznes hamjamiyati vakillari o‘rtasida bevosita muloqot uchun samarali maydon yaratadi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya sohasida fikr almashish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.
Forum doirasida O‘zbekistonning investitsiya imkoniyatlari, xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash shartlari va mexanizmlari hamda qulay investitsiya muhitini shakllantirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Forum bilan bir vaqtda o‘tkaziladigan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida eksportga yo‘naltirilgan va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘zbekiston milliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etiladi.
Forumda ishtirok etish uchun iltimos, ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldiring.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligining bosh mutaxassisi Karimov Sardor.
Tel.: +998 95 031-13-33