07 fevral 2023

Belgiya kompaniyasi O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor

Kuni kecha oʻzbekistonlik diplomatlar Picanol kompaniyasiga tashrif, shuningdek, uning savdo boʻyicha menejeri Toni Dekok bilan uchrashuv tashkil etdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, Picanol Group mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, suv xoʻjaligi va boshqa sanoat bozorlarida faoliyat yurituvchi koʻp tarmoqli sanoat guruhidir. Kompaniya Picanol guruhi tarkibiga kiruvchi Ypres (Belgiya) shahrida joylashgan bo’lib, havo (pnevmatik) yoki rapier texnologiyasiga asoslangan yuqori texnologiyali dastgohlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug’ullanadi. U o‘rnatish va ishga tushirish, xizmat ko‘rsatish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar va aksessuarlar yetkazib berish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi.

Uchrashuvda ishlab chiqarish korxonasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni zamonaviy rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish tendensiyalari, respublika korxonalariga zamonaviy to‘quv dastgohlarini yangi yetkazib berish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha aloqalarni doimiy ravishda yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston toʻqimachilik korxonalariga buyurtmalarni joylashtirish boʻyicha axborot almashish, boʻlajak Toshkent investitsiya forumida ishtirok etish boʻyicha kelishuvga erishildi.