Buxoroda Turkiy davlatlar tashkiloti yosh yetakchilarining IV forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida “Turk dunyosi yoshlar bog‘i” hamda “Buxoro – turkiy dunyoning ilk yoshlar tashabbuslari poytaxti” monumenti ochildi.
Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, forum doirasida turkiy tilli davlatlarning yosh yetakchilari, ekspertlari, tadbirkorlari, san’at, madaniyat va sport namoyandalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun seminar-treninglar o‘tkazildi. . Bundan tashqari, aʼzo davlatlarning yoshlar siyosatiga masʼul boʻlgan davlat rahbarlari va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda Turkiy davlatlar tashkiloti kuzatuvchilari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazildi, hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Forumda Buxoro shahri “Turk dunyosi yoshlar tashabbuslarining birinchi poytaxti” maqomini olgani haqida maxsus sertifikat topshirildi.
Ma’lumot uchun: “Yosh liderlar forumi” turizmni rivojlantirish, turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan. Forum 2018-yildan buyon Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda o‘tkazib kelinmoqda.