25 Dekabr 2023

O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligida bo‘ldi

Joriy yilning 21-22-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligida bo‘ldi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.

Tashrif doirasida Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi va ikki biznes vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashi, Energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Al Saud, investitsiya vaziri Holid Al-Falix hamda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar chog‘ida “yashil energetika”ni rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasini oshirish maqsadida elektron tijoratni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, transport, avia qatnovlar, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va investitsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.