Yil oxirigacha Chirchiq texnoparkida 10 ta yangi ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Spot.
Chirchiq shahrida hamkorlikda texnopark ochilgan Tataristonning “Ximgrad” texnopolisida beshta korxona ish boshlagani ta’kidlandi.
– Hozirda beshta korxona ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, joriy yil oxirigacha yana 10 ta ishlab chiqarish quvvatini ishga tushiramiz. Hozirda jami 255 million dollarlik investitsiya hajmiga ega 34 ta loyiha ustida ishlayapmiz, ularning ayrimlarida loyihalash, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda”, — dedi Gizzatullin.
O‘tgan yili Chirchiqda Tatariston ishtirokidagi ilk texnopark ochildi. Tataristonning uchta kompaniyasi saytning birinchi rezidentlari bo’ldi. Hozir texnoparkda 20 dan ortiq investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilib, mahsulotlar Qozog‘iston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.
Joriy yilning aprel oyida Jizzax shahrida ikkinchi qo‘shma O‘zbekiston-Tatariston texnoparki ish boshladi. Jumladan, ushbu maydon chet el kompaniyalari ishlab chiqarishini O‘zbekistonda mahalliylashtirish uchun foydalanishi rejalashtirilgan edi.