2022-yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 1,92 trillion so‘mga (169,5 million dollar) yoki 12,2 foizga kamaydi. Bu haqida O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan Davlat budjeti daromadlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum qilindi.
O‘tgan yilda ushbu soliq bo‘yicha davlat budjetiga 13,89 trillion so‘m, 2021-yilda 15,81 trillion so‘m, 2020-yilda 16,4 trillion so‘m tushgan. Shu bilan birga, olingan mablag‘ 2022-yil boshidagi prognoz ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘lib, 13,76 trillion so‘mni tashkil etdi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlarining asosiy qismi yoki 63,7 foizi davlat ulushiga ega oltin va mis qazib oluvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
«O‘tgan yili tabiiy gaz bo‘yicha soliq stavkalari 30 foizdan 10 foizga, neft va gaz kondensati bo‘yicha 20 foizdan 10 foizga tushirildi. Shuningdek, 2022 yildan soliq bazasini aniqlashda Netback (ortga hisoblash) mexanizmining joriy etilishi munosabati bilan soliq to‘lovchilar ixtiyorida 538,1 milliard so‘m qoldirildi», — deyiladi xabarda.
Davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalar uchun soliq stavkalari quyidagicha belgilanadi:
Bundan tashqari, uglevodorodlar, qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallarni ishlab chiqaruvchi davlat ulushi ustun bo‘lgan korxonalar (NKMK, OKMK va «O‘zbekneftgaz») uchun mazkur stavkalar ishlab chiqarish ishlari 2022 yil 1 yanvardan keyin boshlangan yer qa’ri uchastkalariga nisbatan qo‘llanadi. Prezident qarori bilan ular uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning yuqoriroq stavkalari belgilanishi mumkin.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza yangi neft va gaz quduqlari foydalanishga topshirilgan oydan boshlab dastlabki ikki yildagi o‘rtacha yillik qiymatda kamaytiriladi. Bu soliq imtiyozining amal qilish muddati tugagach, yangi quduqlarga uch yil davomida belgilangan stavkaning 50 foiziga kamaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanadi.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda gaz qazib olish 4 foizga yoki 53,8 milliard kub metrdan 51,6 milliard kub metrga, gaz kondensati 2,8 foizga (1,29 million tonnagacha) kamaydi. Neft qazib olish biroz oshdi — 774 ming tonnadan 787,8 ming tonnagacha yoki 1,8 foizga.
2022-yilda O‘zbekiston 910,9 million dollarlik gaz eksport qildi. Xitoy bunda asosiy yetkazib beruvchi bo‘ldi. Xitoy tomoni 1,07 milliard dollarlik o‘zbek gazi importi haqida ma’lumot berdi, bu esa O‘zbekiston taqdim etgan raqamlardan 159,5 million dollar yoki 18,2 foizga ko‘p degani. Statistika agentligi buni bojxona qiymatini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari va tovarlarni hisobga olish muddatlaridagi farq bilan izohladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Turkmanistondan 281,9 million dollarga (+82,5 foiz) gaz import qildi.
Bundan tashqari, soliq stavkalari pasaytirildi:
Sement ishlab chiqarish jarayonida ko‘mirdan foydalanadigan zavodlar tomonidan ohaktosh ishlab chiqarish qariyb 10 barobar oshdi. 2022-yildan boshlab sement ishlab chiqarish uchun ohaktoshga soliq stavkasi 2 baravar kamayishi bilan soliq tushumlari hajmi 2021-yilga nisbatan 4,2 barobar oshib, 34,1 milliard so‘mni tashkil etdi.