O‘zbekiston elchixonasida Misrning yetakchi ACDIMA Group xolding kompaniyasi prezidenti Ulfat Gurab bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 20-21-fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida ACDIMA guruhi delegatsiyasining O‘zbekistonga ishchi tashrifini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Ulfat Gurab 2023-yil fevral oyida Misrning yetakchi ishbilarmonlari guruhi tarkibida Qohirada O‘zbekiston Prezidenti qabulida bo‘lganini iliqlik bilan esladi. Oʻzbekiston rahbari bilan uchrashuv taʼsirida u Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli sarmoyaviy loyihalarda ishtirok etishga qaror qildi.
ACDIMA guruhi dastlab Misrda ishlab chiqarilgan dori vositalarini O‘zbekiston bozoriga olib chiqish, yaqin kelajakda esa dori vositalarini mahalliylashtirish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ularni O‘zbekistonga qo‘shni davlatlarga eksport qilish va bu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Tashrif samaradorligini oshirish va O‘zbekiston tomoni bilan aniq kelishuvlarga erishish maqsadida delegatsiya tarkibiga ACDIMA guruhining turli tuzilmalari rahbarlari kiritiladi.