09 Noyabr 2023

Emirates E20 Investment Limited kompaniyasi O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirishmoqchi

Joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Abu-Dabi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat tashkiloti bosh direktori, “E20 Investment Limited” kompaniyasi raisi Said Al-Ameri bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun: E20 Investment Limited – qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasiga ixtisoslashgan investitsiya kompaniyasi. Ushbu sohada 20 yillik tajribaga ega. Tarkibiga Yevropa, Markaziy Osiyo va Afrikada investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi 12 dan ortiq sho‘ba korxonalari kiradi.

BAA tomoni O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi va Andijon viloyatida meva va reza mevalar klasterini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Korxona 6 ming tonna serhosil va eksportbop 6 ming tonna serhosil va eksportbop buta mevalarini yetishtirishni nazarda tutuvchi loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Konstruktiv fikr almashish chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va veterinariya sohalarida yangi investisiya loyihalarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi loyiha va tashabbuslar hayotga tatbiq etilishini jadallashtirish faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.