22 Aprel 2024

Toshkent va Abu-Dabi fond birjalari hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar

“Toshkent” fond birjasi Abu-Dabi qimmatli qog‘ozlar birjasi (ADX) bilan hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqida birja matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar bermoqda.

Ikki birja rahbarlari Abdulla Salim Alnuaimi va Giorgiy Paresishvili 19 aprel kuni o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjat elektron savdoni rivojlantirish, savdodan keyingi savdo va o‘quv dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, texnologiyalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Memorandum Toshkent birjasining Tabadul Digital Exchange Hubga integratsiyalashuviga yo‘l ochishi kutilmoqda. Bu Yaqin Sharqdagi birinchi maʼlumot almashish markazidir.

Tabadul Hub orqali qimmatli qog’ozlar bilan transchegaraviy operatsiyalar to’rtta platformada amalga oshiriladi. Loyiha ishtirokchilari bozorga o‘zaro kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa transchegaraviy sarmoyalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.

Alnuaimi memorandumning imzolanishini bozorlar o’rtasidagi aloqalarni kengaytirish ishidagi «yangi bosqich» deb atadi. U hamkorlik Tabadulning Markaziy Osiyodagi imkoniyatlarini kengaytiradi va investorlarning xalqaro bozorlarga kirishini yaxshilaydi, deb umid qilmoqda.

Tabadul tashabbusi Toshkent birjasi strategiyasiga mos keladi, dedi Paresishvili. Platforma “xorijiy investorlarning O‘zbekiston kapital bozoriga va aksincha, qulay kirishini ta’minlash”ni ustuvor vazifa deb hisoblaydi.