2023-yilning 30-noyabr kuni Skopye shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Muzokaralar chog‘ida yuqori darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirishdan tortib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.