Joriy yilning birinchi yarmining oxiriga qadar O’zbekistonda 550 dan ortiq davlat aktivlari sotilishi kutilmoqda. Bu haqda 27 may kuni Toshkentda bo’lib o’tgan «O’zbekiston Respublikasida davlat korxonalarini transformatsiyalash va xususiylashtirish: iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi» xalqaro forumida ma’lum qilindi.
Yaqin kelajakda «Poytaxt» biznes markazi, «Malika» savdo markazi, «Ichan qal’a» mehmonxonasi va boshqa ob’ektlarni xususiylashtirish kutilmoqda.
Shuningdek, forumda Coca-Cola-ni xususiylashtirish yakuniy bosqichga kelgani ma’lum bo’ldi. Yil oxiriga qadar «O’zagroeksportbank» va «Poytaxt bank», «Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi», «Kvarts», «Trest-12», «Kafolat» sug’urta kompaniyasi, vino-aroq va yog ‘-moy korxonalari davlat aktsiyalarini sotish rejalashtirilgan.
Bozor qiymatini aniqlash uchun KPMG, Deloitte, PriceWaterhouseCoopers, Grant Thornton jalb qilingan.