O‘zbekistonlik diplomatlar Belarusda o‘tkazilgan “Gomeldagi bahor” XXIV Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Forum ishtirokchilariga mamlakatimizning sarmoyaviy va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot taqdim etildi. Xususan, O‘zbekistonda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida salohiyatli investorlar va eksportyorlar o‘rtasida ma’lumotlar tarqatildi.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik, ho‘l va quruq meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish maqsadida mahalliy mahsulotlar va ularni ishlab chiqaruvchilar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.