25 Mart 2023

“Ipoteka-bank” 324 million dollarga xususiylashtirildi

O‘zbekiston hukumati “Ipoteka-bank”dagi davlat ulushini 324 million dollarga sotdi. Bu oxirgi yillardagi eng yirik xususiylashtirish bitimidir. Bu haqida “Gazeta.Uz” xabar beradi.


“Ipoteka-bank”dagi davlat ulushi 324 million dollarga sotildi. Bu miqdor ilk bor 24-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulkini xususiylashtirish va bu boradagi yil rejalari muhokama qilingan yig‘ilishda ma’lum qilingan edi.

2022-yilda jami 11,3 trillion so‘mlik (989,6 million dollarga yaqin) davlat aktivlari sotilgan. Ya’ni, “Ipoteka-bank” davlat mulkini sotishdan tushgan mablag‘ning deyarli uchdan bir qismini olib keldi.

“Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish to‘g‘risidagi bitim 2022-yil dekabrida imzolangan. Bitimga koʻra, Vengriya OTP banki Oʻzbekiston Moliya vazirligiga tegishli boʻlgan “Ipoteka-bank” aksiyalarining 100 foizini (jami ulushning qariyb 97 foizi) ikki bosqichda: aksiyalarning 75% hozir va qolgan 25% esa – birinchi bitimning moliyaviy yopilishidan uch yil o’tgach, ya’ni 2023-yilning birinchi yarmida sodir bo’lishi kutilmoqda.

“Ipoteka-bank” O‘zbekistondagi beshinchi yirik bank bo‘lib, bozor ulushi 8,5 foizni tashkil etadi va chakana mijozlari soni 1,6 million kishidan oshadi.

OTP Bank O‘zbekiston hukumati bilan 2020-yil oxiridan boshlab O‘zbekiston bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etish imkoniyati bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Bu 2021-yil yozida Coca-Cola Bottlers Uzbekistan’ning 57,12 foiz davlat ulushi Turkiyaning Coca-Cola İçecek kompaniyasiga 252,28 million dollarga sotilgani bilan bir qatorda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan eng yirik xususiylashtirish bitimidir.

OTP Bank bilan birgalikda Vengriyaning boshqa kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishi kutilmoqda. Yil boshida Toshkentda Vengriya kompaniyalari uchun sanoat zonasi qurilishi boshlanishi maʼlum boʻlgan edi. Bu masala O‘zbekiston Prezidentining oktabr oyida Budapeshtga tashrifi chog‘ida muhokama qilingan edi. Texnopark negizida tibbiy asbob-uskunalar, elektronika va butlovchi qismlarni birgalikda ishlab chiqarish masalasi ham ishlab chiqiladi.